bir savolim bor edi

Assalomu aleykum hurmatli shayx hazratlari sizga bir savolim bor edi. men hozir koreadaman buerga kelganimga ikki oydan oshdi yaqindan boshlab namoz uqiyabman ish vaqtida bulganda asr, shom, namozlarini uqiy olmay qolaman ishdan keyin soat 18.45 larda uqib olsam qazo bumidimi? bomdod namozini ham sozt 5.25da uqiyabman shu haqda ham qisqacha aytsangiz... namoz uqiladigan joy pokiza toza bulishi kerak deyilgan men oshhonada uqiman u erda bollar aroq ichishadi chuchqa gushtidan ovqatlanishadi... ALLOH kechirarmikin shu haqda ozgina aytib utsangiz umuman tugrimi oshhonada uqishligim bu erda boshqa qulayroq joy ham yuq... yana bir narsa umuman gusht tiganim yuq eshtishimga qaraganda suyilishini bilmasak masalan tovuq gushtini ALLOH nomi bilan suyilmasa xarom hisoblanarkan boshqa gushtlar ham shu haqida ham aytsangiz javobingiz uchun oldindan rahmat ALLOH rozi bulsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Namoz o‘kishni boshlaganingiz juda xam katta baxtga erishganingizdir. Siz aytgan soatlarni bizda farklash imkoni yo‘k. Siz boshka biladigan sheriklaringizdan namoz soatlarini yaxshilab o‘rganib oling. Iloji boricha namozni kazo kilmasdan, vaktida o‘kishga xarakat kiling. U erdagi Islom tashkilotlari xam sizlarga yordam berishlari mumkin. Oshxonada namoz o‘kisa bo‘ladi. Fakat siz namoz o‘kiydigan joy pok bo‘lishi kerak. Go‘shti xalol xayvonlarni Alloxning nomi bilan so‘yilsagina xalol bo‘ladi. Bu xakda xam o‘sha erdagi biladiganlardan maslaxat oling.

2 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 185 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar