Kim haqiqiy ota

Assalomu alaykum! Bo‘lajak rafiqam rus qizi, Alhamdulilah musulmonlikni qabul qilgan 5 vaqt namozni ado qiladi. Uning biologik otasi g‘ayridin va qizi 1 yoshligida vafot etgan. 3 yoshida onasi Musulmon bilan qayta turmush qurdi va qizni o‘z qizidek qabul qildi va tarbiya qildi. Uning otasi kim? U qaysi otasi nomiga duo qilsin? Qizning nomiga duo qilmoqchi bo‘lganlar qaysi otasini zikr qilsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qizning otasi uning tug‘ilishiga sababchi bo‘lgan kishidir. Agar o‘sha kishi kofir holda vafot etgan bo‘lsa uning haqqiga duo qilish mumkin emas. Bu oyat bilan sobit bo‘lgan. O‘gay ota esa musulmon bo‘lgani uchun uning haqqiga duo qilinishga loyiqdir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar