Qistirilgan pul
Assalomu alaykum! To‘yda xizmatda edik, bilamizki ayollar raqs tushushganda pul qistirishadi. Shunda bir ayol (yoshi katta 40-50 atrofida) unga qistirilgan pulni meni cho‘ntagimga solib ketdi. Ushbu pul menga halolmi? Ularni ehson qilib yuborsam afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayollarni nomahramlar oldida raqsga tushishlarining o‘zi shariatga zid. Evaziga oladiganlari ham nopok. Imom Hakim Termiziy rahmatullohi alayh “Men balog‘at yoshiga etgunimcha etmishta mufassira, muhaddisa, faqiha ayollardan ta’lim olganman” deganlar. Bu degani bizni onalarimiz umrlarini ilm olishga va ilm berishga sarflaganlar, jamiyatga etuk insonlarni tarbiyalab etishtirganlar deganidir. Albatta ular davrida ham qo‘shiq aytib raqsga tushuvchi ayollar bo‘lishgan. Butun jamiyat ularni fosiqa deb bilganlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom