Variant masalasi

Assalomu alaykum! Uyimga ayrim maishiy texnika narsalarini sotib olmokchi edim. Bir ayolni menga aytishdi. U ayol bozor yoki biron tanishidan nakd yoki nasiya (men bilmayman) maxsulotni olib, menga 6 oy muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan 35% foiz qo‘yib nasiyaga beryabdi, menga bu ma’qul chunki ularni olsam, oilamdagilarga engil bo‘ladi, naqdga olish uchun xozir mablag‘im yo‘q. Agarda muddatdan o‘tib ketsa, imkon berishini, ustiga yana ustama xaqqi qo‘shilmasligini menga aytdi. Ushbu xolatda ayoldan maxsulotni olishim riboga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Riboga kirmaydi. Naqdga olib sizga nasiyaga berishni shariatimizda murobaha yoki taqsit savdosi deyiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar