Aliment so‘rash

Assalomu alaykum! Men 4 yil oldin birinchi turmushimdan ajrashganman. Ikki nafar farzandimiz bor. 6 oy oldin boshqa inson bilan oila qurdim. Farzandlarimni xam qabul qilib birga yashab kelyapmiz. Yangi oila qurganimdan buyon bolalarimning otasidan aliment so‘ramayapman. Lekin ko‘pchilik bolalaringni haqlarini olishing kerak deyishyapti. Yangi oila qurib ham birinchi turmush o‘rtog‘imdan bolalarimning haqlari, ya’ni davlat belgilagan alimentni so‘rab olishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida bola otaga tegishli hisoblanadi. Siz boshqaga turmushga chiqqach ota bolalarini sizdan tortib olishga haqqi bor. Xohlasangiz dadasining tarbiyasiga bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar