Kechirish qiyin bo‘lsa

Assalomu alaykum! Bir odamni qancha kechirishga xarakat qilib o‘zingizni tarbiyalasangiz ammo uni ko‘rganda yana kechira olmaganizni xis qilish o‘zizga kechirdim deganizda xam yuragizdan kechira olmayotgan bo‘lsangiz qanday duo qilish kerak? Qalbimda g‘ubor qolmasin deya 1000ta istig‘for xam aytib yuraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi oyatni o‘qib yuring.  وَنَزَعْنَا مَا فِي صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ إِخْوَانًا عَلَى سُرُرٍ مُّتَقَابِلِينَ۝ 47. Ularning ko‘kslaridagi g‘illi-g‘ashlarni chiqarib tashladik. So‘rilarda bir-birlariga yuzlanib, birodar bo‘lgan hollaridadirlar. (Hijr surasi).  Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 159 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar