Basmala aytib esak joizmi?

Assalomu alaykum! Bir hadisda o‘qigan edim. Payg‘ambar alayhissalomga odamlar shunday deyishgan ekan:"Yo rasulullox bizga bir qavm go‘sht olib keldi, lekin biz unda Alloh zikr qilinganmi yoki yo‘q bilmaymiz" deyishdi. Shunda rasulullox "siz bismillah deb eyavering" deptilar. Shunga biz tovuq go‘shtini u lentada so‘yilganmi yoki qo‘ldami bilmasdan “bismillah” deb eyaversak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Hadisda kelgan gap yangi musulmon bo‘lgan qavm haqida edi. Ular esida yo‘q holatda aytmagan bo‘lishlari mumkin bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar. Chunki ular shariatni barcha amallarini hali hayotlarida to‘liq tadbiq qilib ulgurmagan va yangi namoz o‘qishni boshlagan kishilar kabi edilar. Hozirgi kunda so‘yilayotgan narsalari esa imkoniyati bo‘laturib qasddan qilmayotganlarning ishidir. Ular bilan bularning o‘rtasida katta farq bor. Musulmon kishi “Bismillah”ni aytaman deb esida yo‘q aytmasdan adashib so‘yib yuborsa, uni go‘shtini eyiladi. Qasddan aytmasa eyilmaydi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:
So‘yuvchi musulmon yoki kitobiy bo‘lishi shart. Agar ayol kishi, majnun, aqlini tanigan yosh bola, xatna qilinmagan va soqov bo‘lsa ham. Ammo kitobi yo‘q, murtad va «Bismillah»ni qasddan tark qiluvchi bo‘lmaydi.

Agar tasmiya aytishni esidan chiqarsa, so‘yishi to‘g‘ri bo‘laveradi. Agar Allohning ismiga boshqaning ismi qo‘shilib, «Bismillahi va bismi fulon», deyilsa, harom bo‘ladi. Agar qo‘shmasdan, ketma-ket aytsa, makruh bo‘ladi. Misol uchun, «Bismillahi, ey Allohim, falonchidan qabul et», desa. Agar yotqizishdan oldin yoki «Bismillah»ni aytishdan oldin duo qilishga o‘xshab, ham suratda, ham ma’noda ajratsa, halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar