Kufr emasmi

Assalomu alaykum! Bolaga ko‘z tegmasligi uchun Qur’on suralari yozilgan qog‘ozni ilib qo‘yish mumkinmi? Bu kufr emasmi? Kimdir bola o‘zi o‘qib bilgunicha mumkin desa, yana birov bu kufr deyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kufr emas. "Shu narsa saqlaydi" degan e’tiqod bo‘lsa shirkka kiradi. Chunki shu e’tiqodi bilan u narsani o‘ziga Xudo qilib olgan bo‘ladi.Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu shar’iy ahkomlarni tushuntirish bilan birga, ularga amal qilishni ham erinmay o‘rgatar edilar.Imom Abu Dovud va Ibn Mojalar Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq qilish shirkdir», dedilar.Shunda uning xotini Zaynab:«Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi», dedi. «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan uni (ko‘zni) kovlar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytmoq kifoya qilar edi:   «Allohumma! Robban-naas! Muzhibal-ba’s! Ishfi, antash-shaafiy. Laa shaafiya illaa anta. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi u». Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar