"Sherikchilik davomi"

Assalamu aleykum hurmatli Shayx hazratlari, Alloh ilmingizni va martabangizni bundan ham ziyoda qilsin! Islom dini yo‘lida qilayotgan ishlaringizda Alloh o‘zi madadkor bo‘lsin! Men va sherigim orasidagi kelishuvda men mablag‘ bilan ta‘minlayman, u esa ish yuritadi. Foyda ham zarar ham teng ikkiga bo‘linadi. Yaqin kunlarda tushunarsiz holat yuzaga keldi. Biz navbatdagi savdo molini harid qilayotganimizda men savdo molini taxminan 70 foizinigina mablag‘ bilan ta‘minlay oldim. Qolgan 30 foizini esa sherigim mablag‘ bilan ta‘minladi (ma‘lum bir muddatga tanishidan qarz oldi). Biz bu savdo molini harid qildik. Bir oz vaqt o‘tib bizning avval harid qilingan savdo molimiz sotilib qo‘lib, qo‘limizdagi o‘zimizning mablag‘dan, ya‘ni mening mablag‘imdan olingan qarzni muddatidan ilgari berib yubordik. Savol: 1a. Mana shu sherigimning qarzga deb olgan mablag‘i aralashgan, lekin hali o‘sha savdo moli sotilmay turib biz u qarzni muddatdan ilgari qaytarib bergan savdo molimizning foydasi yoki zarari men va sherigim o‘rtasida qanday taqsimlanadi? Bu erda begona mablag‘ hali foyda yoki zararga aralashmadi. 1b. Agarda qarzning muddati etib kelgunga qadar bizning boshqa mollarimiz sotilmay turib, aynan o‘sha qarz aralashgan savdo moli sotilganda va qarz shu puldan qaytarilganda ushbu savdo molining foydasi yoki zarari men va sherigim o‘rtasida qanday taqsimlanar edi? Bu erda begona mablag‘ foyda yoki zararga aralashgan bo‘ladi. Oldindan katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qarzdor sherigingiz. U qo‘shgan miqdoricha, ya’ni, 30 foiz ziyoda foyda oladi. Uni qachon uzishning daxli yo‘q.

6 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar