Ibn Abu Kabsha

Assalomu alaykum! Yaqinda shayx hazratlarining "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam" nomli kitoblarini o‘qishni boshladim va u erda Rum podshosi bo‘lgan Hiraql bilan bog‘liq hadis o‘qidim. U erda uning Abu Sufyon (r.a.) bilan bo‘lgan suhbati, keyin Rosululloh (s.a.v.)dan kelgan maktubni o‘qishi kabi voqealar kelgan. Savolim shundan iboratki, Hiraqlning huzuridan chiqar ekan, Abu Sufyonning quyidagicha gaplari keltiriladi: "Ibn Abu Kabshaning ishi zo‘rayib ketdi-ku! Undan Banu Asfarning podshosi ham qo‘rqmoqda". Bu erda "Ibn Abu Kabsha" deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimni nazarda tutganlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshliklarida Halimai Sa’diya roziyallohu anhoni emganlar. Halima onamizning erini ismlari Abu Kabsha bo‘lgan. Abu Kabshaning ismi Horis ibn Abduluzzo bo‘lgan. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning emikdosh otalari hisoblanadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar