Bu ham sportmi (sybersport)?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bu savolim texnologiya asrining kelib chiqargan savolidir. Man yoshligimdan kompyuterni ishlataman,ya’ni ubu ishlarni kompyuterda qilaman va o‘yinlar ham o‘ynayman. Hozirgi kunga kelib kompyuter o‘yinlari sport (sybersport) sifatida qarashmoqda. Chunki dunyo texnologiyaga bog‘lanib qoldi. Man ham kompyuter o‘yinini yaxshi o‘ynayman va bu o‘yin turidan ko‘pgina musobaqalar bo‘lmoqda. Shunga hozir o‘ylanib qolganman. Bu ishim bekorchilik emasmi? Ko‘pchilik katta yoshlilar bu bekorchilik diyishmoqda, ammo bu sport sifatida shakllangan o‘yindir. Nima qilishni bilmay qoldim ya’ni uydagilarim bunday sportga qarshi, lekin negadir shu kompyuter o‘yinlaridan turli musobaqalarga qatnashgim keladi. Nima qilsam bo‘ladi? Dinda qandaydir oyat bormi qaror qabul qilishimga yordam beradigan? Izoh: Man o‘ynayotgan o‘yin qonli o‘yin sarasiga kirmaydi; u multi qahramonni boshqarib o‘z qasrini himoya qilish va dushmanini engish yo‘lida bo‘ladigan jang; strategik o‘yindir
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Foydali ishlar bilan shug‘ullaning. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:33 | Savol-javoblar | 137 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar