Boqib katta qilgan insonni ota deyish
Assalomu alaykum! Mani 1 oylik chaqaloq vaqtim, mandan va onamdan voz kechgan inson haqida so‘ramoqchiman. Keyin onam boshqa kishi bilan turmush qurgan. Mani 3 nafar singil ukam bor. Hozirgi insonni man ota deyman. Shu narsa haqida tushuncha bering. Mani dunyoga keltirgan otani tanimayman, ko‘rmaganman ham. Hozirgi otam mani voyaga etkazib, o‘qitib inson bo‘lishimga katta hissa qo‘shganlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishini ota deb chaqirishingiz mumkin, lekin shu odamni naslidanman deb da’vo qilishingiz joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Xorisa roziyallohu anhuni qaytariq oyati nozil bo‘lishidan oldin o‘g‘il tutganlar. O‘sha kishi sizga qilgan yaxshilikdan ko‘ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ming chandon ortig‘ini Zayd ibn Xorisaga qilganlar. Shunday bo‘lsa ham Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Zayd ibn Xorisani o‘z o‘g‘lim deb da’vo qilishdan qaytargan. Siz ota deb chaqirsangiz ham shu kishining naslidanman deb da’vo qilmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush