Ishxonamdagi holatlar

Assalomu alaykum! Ishxonamizdagi bir necha masalaga oydinlik kiritib bersangizlar iltimos. Bu men uchun juda ham muhim. Olayotgan pulimga xarom aralashishini istamayman. 1. Yaqinda bir holat ro‘y berdi. Bir ayol kelib e’lon yozib chiqartirib berishimni so‘radi. E’longa massaj va depilyatsiya deb yozdirib ketti. Men depilyatsiya nima ekanligini bilmas edim, keyin bilib qoldim. Axir massajni ham mumkin bo‘lgan (masalan yosh bolalarga va h.k) joylari borku. Ayrim savol javoblaringizda depilyatsiya qildirish ham mumkin deb javob beripsizlar, lekin nojoiz joylari ham borligini bildim. Endi u insonga bu e’lonlarni chiqartirib berganim uchun gunohiga sherik bo‘lib qolmaymanmi? agar shunday bo‘lsa undan olgan pulimni savob umid qilmay ehson qutisiga tashlasam bo‘ladimi? Juda ham o‘ylanib qoldim. 2. Biz ishxonada telefonlarga SIM-karta sotamiz. Shu paytgacham SIM-karta tekin bo‘lgan, SIM-karta sotsak xo‘jayin o‘zi pul berar edi. Lekin bir necha kun avval xo‘jayinimiz buni pullik qilib qo‘ydi. Ya’ni mijozdan pul olishimizni, o‘zi bizga pul bermasligini aytdilar. Xizmat haqqiga deb, yoki SIM-kartani pullik bo‘ldi deb mijozdan pul olsak joizmi? 3. Ishxonada majburiy avtosug‘urta ham bor. Bu ishni nojoiz ekanligini va uni qilganimiz uchun pul olishimiz ham mumkin emasligini so‘rab bildim. Endi meni bir narsa o‘ylantirmoqda. Agar tanishlarimiz (do‘stlarimiz, qarndoshlar, qo‘shni va h.k) kelib qilib berishimizni so‘rab qolsa, ularga hech qanday ish haqqi olmasdan qilib bersak bo‘ladimi? Chunki ular baribir boshqa joydan bo‘lsa ham qildirishadib yana qimmatroqga, chunki bu qonunda majbur qilib belgilab qo‘yilgan. Shu tanishlarimizni qimmatga tushmasin deb, ulardan pul olmay qilib bersam bo‘ladimi? Yoki bu ham gunohga sherik bo‘lish hukmiga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Inson o‘zini-o‘zi dipelatsiya qilishni tushungan bo‘lsangi to‘g‘ri. Ammo o‘zidan boshqani dipelatsiya qilishini avval ham joiz demaganmiz, hozir ham joiz demaymiz. U ayol ham o‘zgalarni dipelatsiya qiladigan bo‘lsa evaziga oladiganingiz ham joiz emas. savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuboring.2). Qonunda sim karta tekinmi yoki pullikmi shuni bizga yozing. 3). Gap haq olishda emas o‘sha sug‘urtani qilishda. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar