Sag‘anaga dafn

Assalomu alaykum! Mayitni sag‘anaga ko‘mishning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloma ibn Obidin rohmatullohi alayh «Durrul-Muxtor»ga yozgan hoshiyasida shunday deydi:
«Agar mayyitni erning ostiga dafn qilish mumkin bo‘lsa, er ostiga dafn qilish farz ekaniga ijmo qilingandir. Bundan kelib chiqadiki, er ostiga dafn qilish imkoniyati bo‘la turib, mayyitni er ustiga qo‘yib, ustidan sag‘ana qilish bilan farz ado bo‘lmaydi». وهو فرض كفاية إن أمكن إجماعا ومفاده أنه لا يجزي دفنه على وجه الأرض ببناء عليه «Imkon bo‘lsa, mayyitni er ostiga dafn qilish ijmoan farz hisoblanadi. Bundan er ostiga dafn qilish imkoniyati bo‘la turib, mayyitni er ustiga qo‘yib, ustidan sag‘ana qilish bilan farz ado bo‘lmasligi kelib chiqadi» («Raddul Muxtor»). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar