Non

Assalomu alaykum! Maxtumquli Firog‘iy rahimaxulloh qiyomat maydoni to‘g‘risidagi she’rida bir misra bor. "... Berar noning soya bo‘lsa kerakdir." Ya’ni qiyomatning issiq quyoshida sadaqa qilgan nonimiz soya bo‘lsa kerak demoqchilar. Bu voqealiq,nonning soya bo‘lishi, buyuk tasavvuf shoiri Maxtumquli rahimaxulloh tomonidan taxmin qilingan, bo‘lsa xam, balki xadislarda biror aniq fakt bormikan deb o‘ylanib qoldim. Qiyomatdagi nonning soyasi xaqida dinimiz kitoblarida bunday ma’lumot bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Ahmad, Ibn Hibbon va Ibn Xuzayma rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deyilgan:عن يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ  أَنَّ أَبَا الْخَيْرِ حَدَّثَهُ أَنَّهُ سَمِعَ عُقْبَةَ بْنَ عَامِرٍ يَقُولُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ:  كُلُّ امْرِئٍ فِي ظِلِّ صَدَقَتِهِ حَتَّى يُفْصَلَ بَيْنَ النَّاسِ  أَوْ قَالَ: يُحْكَمَ بَيْنَ النَّاسِ .Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb aytayotganlarini eshitdim: “Har bir kishi (qiyomat kunida) to insonlar o‘rtasi ajratilmagunicha (yoki insonlar o‘rtasida hukm chiqarilmagunicha) o‘z sadaqasining soyasida bo‘ladi”. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar