“Sibirskoe zdarove”  kompaniyasi xaqida

Assalomu Alaykum Xurmatli ustoz! “Sibirskoe zdarove” kompaniyasi xaqidagi savollarimiga javob berganingiz uchun raxmat. Bu kompaniya O‘zbekiston Respublikasida rasman ruyxatdan o‘tgan, yaxshi ishlagan a’zolariga “Mexnat shartnomasi tuzilib, Mexnat daftarchasi ochiladi vaqti soati etganda nafaqa puli xam berishar ekan. Ukam xozirda vaqtincha ishsizligi sababli, ish staji yo‘q. Shu munosabat bilan ukamni a’zolikka yozdirib, ishlamoqchi bo‘lganlarni uning ostidan yozdirib ukamga yordam bermoqchi edim. “Sibirskoe zdarove” kompaniyasi o‘z a’zolariga majburiyatlar yuklaydi: Xar oyda ma’lum miqdorda maxsulotlar sotib olish. Yaxshi ishlab yuqori darajalarga erishib ostida ko‘p a’zolarni jamlasa xam, oylik majburiyatini bajargan taqdirdagina o‘z ostidagi a’zolarning tovar aylanmasidan ma’lum miqdorda foizlar olishi mumkin. Tarmoqli marketing sistemasi bo‘yicha pul ishlab topish to‘g‘ri emas, xattoki xarom degan gaplarni eshitmoqdamiz. Iltimos shunga oydinlik kiritib bering! Men o‘zim, ukam, yaqinlarimni qo‘shimcha ish bilan ta’minlab yaxshilik qilmoqchi edim. Ma’lumot uchun: “Sibirskoe zdarove” kompaniyasining WWW.Sibvaleo.’om Web saxifasi.Javobingiz uchun oldindan raxmat. Olloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri, tarmoqli tijorat joiz emas.

27 May 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 146 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar