Byurtmaning ustiga qo‘yiladigan qo‘shimcha narx
Assalomu alaykum! Men bir ishlab chiqarish firmasida ishlayman (ofis menedjer) bo‘lib. U erda xam ishlab chiqariladi, o‘rnatiladi va sotiladi. Men kelgan yo qo‘ng‘iroq qilgan mijozlardan astoydil buyurtma olib qolishim kerak. Buyutrmaning narxi xisoblangach o‘sha narxni aytmay ustiga narx qo‘shib aytshimiz kerak(bazida juda oshirib aytishadi). Mijozga ustiga qo‘yilgan narxni aytamiz chegirma so‘rasa tushib beramiz o‘zining narxiga yaqin qilib. Boshida kelganimda unday emasdi men o‘z narxida sotardim. Keyin menga oshirib aytishni mijozga so‘ng kelishtirib, shuncha qilib beramiz desak mijoz oladi deb o‘rgatishdi. Savolim shundan iboratki: Menga xozirgi qilayotgan ishim xech xam yoqmayapti. Odamlarni aldab sotish unday ishlab topilgan pul xalol xam emas to‘g‘rimi? Namoz o‘qiyman, Qur’on xam o‘qiyman o‘rganib kelmoqdaman xaligacha. Ibodat qilib, Qur’on o‘qib, ro‘za tutib yursada topgan puli xaromdan bo‘lsa axir noto‘g‘riku?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol emas. Uzoqqa ham borishmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol emas. Uzoqqa ham borishmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar