Aqoidga oid
Shayx hazratlari, Alloh sizni biz musulmonlarni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan ulkan ishlaringiz uchun O‘z dargohidan cheksiz ajru-savoblar ato etish ila mukofotlasin, inshaalloh. Shu asnoda sizga ushbu hizmatlaringiz uchun tashakkurlar aytgan holda bir savol ila murojaat etishga ijozat bergaysiz: Hazrat, sizning "Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar" asaringizni o‘qishim jarayonida menda bir savol paydo bo‘ldi. Ushbu savolning mazmunini quyida bayon etishga ijozat bergaysiz: "Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar" asaringizni “5 Kalom ilmi asosidagi moturidiya tushunchalaridan lavhalar”, “Allohning ismlari va sifatlari”, 110-betda “Ammo bu “Alloh taoloning 99 tadan boshqa ismi yo’q”, degani emas. Albatta, Alloh taoloning ismlari ko’p.” deb yozilgan. Hazrat, Alloh taoloning qolgan ismlari haqida qaerlardan ma’lumot olishimiz mumkin ? Buni so’rashimdan maqsad ushbu ma’lumotlarni juda muhim deb bildim, lekin noqis ilmim tufayli sizning qalamingizga oid “Talxiysi sharxi Al-Aqiydatut Tahoviya”, “Sunniy aqiydalar” va “Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar” asarlaringizdan topa olmadim. Shuning uchun sizga murojaat qilishga azm qildim. Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur ismlarni bir erga jamlanmagan.
4 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur ismlarni bir erga jamlanmagan.
4 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda