Ahli kitoblar taomlardan eyish haqida
Payg‘ambarimiz (s. A. V) ning ahli kitoblar taomlaridan eyishga ruxsat bergan hadislarini kengrok yoritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo Qur’oni Karimda:
"Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir", degan.
Islom musulmonlarga nomusulmonlar bilan birga tinch-omon yashashga ruxsat bergan. Lekin shuning o‘zi etarli emas. Madomiki, musulmonlar jamiyatda boshqa din vakillari bilan birgalikda yashar ekanlar, tabiiyki, o‘rtada turli shaklda yaqin aloqalar bo‘lishi, o‘zaro bordi-keldi qilishlari mumkin. Shundan kelib chiqib, musulmonlarga ahli kitoblarning so‘ygan so‘yishlari halol qilingan. Bu oyatda «taom» so‘zi qo‘llangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, cho‘chqa yoki boshqa harom hayvonlarning go‘shti, aroqqa o‘xshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi o‘z-o‘zidan hammaga ma’lum. Asli o‘zi halol bo‘lgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib o‘tildi. Demak, bu erda gap go‘shti asli halol bo‘lgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida so‘yilgan bo‘lsa, halol bo‘lishligi haqida ketmoqda.
Ba’zi kishilar: «Sizning taomingiz ular uchun haloldir», deyishlik nima uchun kerak bo‘ldi ekan? Ular Qur’on hukmiga amal qilishmaydi-ku? Halol-haromning farqiga ham borishmaydi-ku, deyishlari mumkin. Ulamolarimiz bunga javoban: «Mazkur xitob mo‘minlarga qaratilgan, sizlar ham ularga o‘z taomingizdan bersangiz bo‘laveradi, deganidir», – deydilar.
27 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda