Konsalting firma reklamasi xaqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, man telergamda blogerlik faoliyatini olib boraman. Xar turdagi (dinimizga zid bo‘lmagan) nomdagi kanal ochib, auditoriya yig‘aman va sotiladigan reklamalardan foyda qilaman. Bir savol tug‘ildi. Man shu yil yozda Davlat Test Markazi Axboroti nomi bilan kanal ochgandim va anchagina yaxshi foyda ko‘rgandim. Bu tematikadagi kanallarning xaridori Konsalting firmalar bo‘ladi. Bu firmalar abiturientlarni ma’lum bir xaq evaziga chet elga o‘qishga yuborishadi. Man shu yaqinlarda bu firmalarning faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdim. Taasuf bo‘lsinkim, bu firmalarning ichida odamlarni aldaydiganlari ham bor ekan. Yani abiturientlardan yig‘ib olingan pullarni olib, yo‘qolib ketisharkan. Bu jinoyat o‘sha firmani ochgan shaxs tomonidan yoki qaysidir ma’sul shaxslar tomonidan sodir etilar ekan. Yaqindagina tovlamachilik orqali qo‘lga olingan kishini eshitdim, u ham aynan abiturientlardan pul yig‘ib olgan va ularni o‘qishga kiritmay, pullarni o‘zlashtirgan. Man shu firmalarga reklama sotardim. Lekin xammasi ham shunday deya olmayman, xaqiqatda o‘qishga kirgizib qo‘yadiganlari xam bor. Lekin biz ularni ajratolmaymiz. Sezonga yaqin bunaqa firmalar soni juda oshib ketadi. Biz reklamani chiqarishdan oldin firmaning guvoxnomasini ko‘rsatishini talab qilamiz. Ular bizga ko‘rsatishadi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligini. Savolim shuki: Man extiyotan xujjatlarini so‘rab olsamu, bazilari shunaqa aldaydigan bo‘lib chiqsa, ishlab topgan pulim halol bo‘ladimi? Lekin abiturientlar ko‘pi uning ofisiga ota-onasi bilan birga borib hal qilib kelishadi. Bizdan taklifni olishadi, telefon nomer, adres deganday. Shuni halol yoki xaromligini aniqlashtirib beisangizlar degandim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilib turib firibgarlarni reklama qilib bersangiz harom bo‘ladi. Unday bo‘lmasa joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar