Do‘stlarimga qimorni o‘rgatgan edim

Assalomu alaykum! Men xozir institutda 3-kurs da o‘qiyman. Kursdoshlarimdan biri qimor o‘ynardi ya’ni (fudbolga pul tikib). U bu o‘yinga xammani qiziqtirib qo‘ydi shu kabi meni xam. Men xam o‘ynadim ancha. Allohga shukr xozir bu balodan qutildim. Ancha vasvasa berdi lekin qutulgincha. Savolim shuki: men u o‘yindi o‘rganib qolgan kursdoshlarimga o‘rgatkanman ya’ni mobil ilovasini o‘rganib o‘rgatkanman va pul tashlashiga yordamlashganman o‘ynashi uchun. Xozir xam ular shu o‘yindi o‘ynashyapti, shu o‘ynagani uchun qilgan gunoxi menga xam shuncha gunox yoziladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga ham gunoh yoziladi. Imkoningiz etganicha ularni tushuntirib, qaytaring. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 188 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar