Juma hutbasi
Assalomu alaykum! Jumada hutbani tinglash vojib ekan, faqat o‘sha joydagi o‘tirganlarga vojibmi yoki kelmagan va kech qolganlarga hammi, hutbaga kech qolib namoz vaqtiga kelganlar gunohkor bolib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juma kuni xutbani eshitishga harakat qilish kerak. Xutbani tinglash hozir bo‘lganlarga vojib bo‘ladi. Kelmaganlar esa savobidan bebahra qolishadi.عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا اسْتَوَى عَلَى الْمِنْبَرِ اسْتَقْبَلْنَاهُ بِوُجُوهِنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon minbarga chiqsalar, biz u zot tomon yuzlanar edik».
Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Imom minbarga chiqqanida azon aytilishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlaridan buyon borligi haqidagi rivoyatni yaqinda o‘rganib o‘tdik.
Imom xutba qilayotganda hamma narsa o‘sha xutbani eshitishga qaratilishi lozim. Shuning uchun xutbani eshitishga xalaqit beradigan har bir narsa xutba paytida man qilinadi.
Jumaga hozir bo‘lganlar ichida behuda gap-so‘z aytib, behuda xatti-harakat qilish man qilingandir.
Shuningdek, xutbani eshitmay, duo qilish ham mumkin emas. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar