Hoja Ubbon ibn Usmon ziyoratgohi
Assalomu alaykum! Buxoro viloyati Romitan tumanida hoja Ubbon ibn Usmon ziyoratgohi joylashgan bo‘lib, u erga turli viloyatlardan pes (vitiligo) kasali borlar yiliga 2 marta kuz va bahorda borishar ekan. Bir necha yuzlab kishi usha ziyoratgoh yonida soatlab quyoshga oqargan erini tutib o‘tirar ekan. Emishki, u qabr sohibiga (Ubbon ibn Usmon ibn Affon r. a.) ga pes kasalligini davolash karomati berilgan bo‘lib, ayni qabr atrofiga quyosh ham boshqacha tushar ekan. U erga 7-8 yillar davomida borib turilar ekan. Birodarimning opasi ham qizini oboryapti ekan. Odam ko‘pligini ko‘rib, bekorga kemagandir shuncha odam, deb ishonib shu erda "davolanishyapti". Tabiiyki u erda noshar’iy so‘yishlar ham bo‘ladi. Bu ishlarning hukmi nima? Sizlarning javobingizni qabul qiladi degan umidda yozdik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekor gap. Bizning xalqimiz ichida o‘z aqli bilan fikr-tadabbur qilib yuruvchilardan ko‘ra ko‘r-ko‘rona ergashuvchilari ko‘proq. Topib olgan bahonalari “Bekorga emasdur” degan gapi. Shuning uchun har qadamda tarmoqli marketing, folbin, sohta tabib, qabrga sig‘inish, qabrdan madad so‘rash, jinkashlarga ixlos qilish ko‘payib ketgan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom