Qazo namozlarni tahminan hisoblash

Assalomu alaykum! Qazo namozlarini qanchalagini bilmagan odam uchinchi to‘rtinchi rakatlarda zam sura o‘qishini bilaman shuning uchun mening tahminan ko‘pi bilan sakkiz yil qazo namozlarim bo‘lsa qazo namozlarimda uchinchi to‘rtinchi rakatlarda zam sura o‘qimasdan ado qilsam bo‘ladimi? 2). Xisoblashda 365 kunni 5 mahalga uni 8 yilga ko‘paytirib o‘qimoqdaman bir kunlik 5 mahal vitr namozi bilan qazo namozlarni o‘qib chiqqan sondan 5 mahalni ayirib boryabman to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tugashiga tahminan oz qolganida qo‘shib o‘qiysiz.
2). Xuftonga vitrni qo‘shib 5 mahal degan bo‘lsangiz to‘g‘ri. Vitrni qo‘masdan aytgan bo‘lsangiz vitr bilan 6 mahal namoz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:17 | Savol-javoblar | 259 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar