Avtoulovni bo‘lib to‘lash

Assalomu alaykum! Bugun bir qo‘shnim qarz masalasida yordam so‘rab murojaat qildi. Sababini so‘radim. U kishi menga: "men ikki yildan beri neksiya rusumli avtomashinada o‘zimni va oilamni boqib kelmoqdaman. Mashinani uch yilga bo‘lib to‘lash uchun bir korxonadan olganman. Kelishuv og‘zaki bo‘lgan. Qarzimni to‘liq qaytarishga yana bir yil qoldi. Shu kunlarda avtoulovning egasi meni chaqirtirib qolgan pulni ya’ni 35 mln. so‘mni bir yo‘la to‘lab mashinani olib ketishim mumkinligini aytdi. Men unga hozir buncha pulim yo‘qligini aytdim. Mashina egasi faqat bir yo‘la to‘lashim kerakligi aytdi. Bunday holatlar juda ko‘p uchrab turadi. Aksariyat mashinani bo‘lib to‘lashga beruvchilar oz muddat qolganida turli bahonalar qilib qarzga oluvchini kelishuvni buzishga harakat qilishadi. Ushbu holatda bo‘lib to‘lashga beruvchining ishi qay darajada to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishgan bo‘lsa kelishganini to‘lashi kerak. Sotuvchiga bunday ish qiluvchi inson munofiq, lafzsiz, xudbin, shariatni va bir musulmonni qadrlamagan bir inson bo‘lib qolishini aytish kerak. Bunday inson bo‘lib yashashni nima keragi bor? Vallohu a’lam!

9 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar