Uydan uzoqda ishlash haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bizning oilada ikkita erkak kishi bor, men va akam. Otamiz 14 yil oldin vafot etgan. Akam uylangan, men hali uylanmaganman. Men va akam uydan uzoqda, ya’ni boshqa viloyatda ishlayotganimizga bir yildan oshdi. Uyda onam, akamning ayoli va ikkita juda yosh o‘g‘li qolishgan. O‘zimizning viloyatda yaxshi ish topa olmadim va tanishimiz orqali akamning yoniga ishga kelganman. Uydagilar bozor va boshqa ehtiyojlar uchun o‘zlari chiqib kelishadi. Biz bir oyda, yigirma kunda bir borib iloji boricha uy yumushlari va bozor ucharga yordamlashamiz. Biz uydagilarni yolg‘iz tashlab vaqtincha uzoqda ishlashimiz joizmi yoki nima bo‘lganda ham ikkimizdan birimiz uyda bo‘lishimiz shartmi? Iltimos, maslaxatingizga judayam muhtojman. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda uyda bo‘lishingiz shart emas, holatga qarab ish tutilaveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:44 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda uyda bo‘lishingiz shart emas, holatga qarab ish tutilaveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:44 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar