Ehsonni qabul qilmasa
Assalomu alaykum! Bir birodarimiz ramazon oyidan keyin yana 6 kun ro‘za tutib kelyaptilar. Savob umidida chin ko‘ngildan iftorlik qilib berishni niyat qilib eguliklar oldim (karantin tufayli). Birodarimiz qabul qilmadilar xijolat bo‘ldim dedilar, savob umidida desam ham qabul qilmadilar. Nima qilarimni bilmay o‘sha erga (ko‘chaga) qo‘yib keldim. Bu ishim bilan gunohkor bo‘ldimmi? Savob umidida gunohga bottimmi deb juda qo‘rqyapman, nima qilarimni bilmayapman borib kechirim so‘rashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehson qilishingiz to‘g‘ri, ammo ko‘chaga tashlab ketishingiz noto‘g‘ri. U inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga zid ish qilibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam beg‘araz qilingan hadyani qabul qilar edilar. Agar qabul qilmasa siz ham boshqa muhtojni topib berib yuborishingiz kerak edi. Vaziyatni chigallashtirishga hojat yo‘q edi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar