Jinlardan qutilish
Assalomu alaykum! Biz chet davlatga yaqinda uchib keldik, bitta xonaga joylashdik, u erda kechasi xar xil ovozlar chiqiyapti balkim bizga tuyulyapti yana bilmadim lekin aniq shu narsa mavjuddek go‘yo, eshitishim bo‘yicha bu davlatda shunday narsalar bor. Shunaqa paytda qanaqa duo yoki sura o‘qish kerak va u narsadan qanday qutilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Baqara” surasini o‘qinglar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ مَقَابِرَ، وَإِنَّ الْبَيْتَ الَّذِي تُقْرَأُ فِيهِ الْبَقَرَةُ لَا يَدْخُلُهُ الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Albatta, «Baqara» surasi o‘qiladigan uyga shayton kirmaydi», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilganlar.
Bu hadisi shariflar ham Qur’oni Karimning va «Baqara» surasining fazlini yana ham boshqacharoq vasf qilmoqda.
Barcha odamlar uylarining obod bo‘lishi, ularning qabristonga o‘xshab qolmasligi uchun harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida turli-tuman ishlar, sarf-xarajatlar qiladilar.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning eng qulay, barakali va arzon yo‘li ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ekan. Har bir musulmon kishi o‘z uyi obod bo‘lishi, qabrga o‘xshab qolmasligi uchun uyida «Baqara» surasini o‘qib tursa bo‘ldi ekan.
Kishilar o‘z uylarining omonlik qo‘rg‘oni bo‘lishini juda ham istaydilar. Uyda istiqomat qiluvchilarning barchasi tinch-omon va xotirjam bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Ayniqsa, jinu shaytonlarning yomonligidan ehtiyot bo‘lishga alohida ahamiyat beradilar.
Bu maqsadga erishishning oson va qulay yo‘li ham har kim o‘z uyida «Baqara» surasini o‘qib turishi ekan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 198 | Turli savollar