Ijtimoiy tarmoqlarda Qur’on oyatlari

Assalomu alaykum! Bizga ma’lumki, " Qur’onni faqat tahoratli kishilar ushlaydilar" mazmunidagi oyat nozil bo‘lganida hali Qur’on kitob shaklida yig‘ilmagan bo‘lgan. Bundan kelib chiqib, o‘sha davrda Qur’on oyatlari yozilgan hayvon terilari, daraxt po‘stloqlarini, bugungi kunda esa Qur’on oyatlari yozilgan qog‘ozlarni shu jumladan ma’lum suralar jamlangan kitobchalarni ham tahorat bilan ushlash shart degan ma’no olamiz. Savol: Biz kundalik hayotimizda juda ko‘p ijtimoiy tarmoqlardan foydalanamiz, masalan Instagramdan foydalanganimizda avtomatik tarzda ba’zi lentalar ochiladi, fonida Qur’on tilovati qo‘yilgan va shu jarayonda Arab tilida yozilgan Qur’on oyatlari yozuvlari yozilib video qilib taxlangan postlarga ko‘zimiz tushadi. Tomosha qilamiz. Tilovatini tinglaymiz. Telefonimiz ekranida esa Qur’oni karim oyatlari yozilgan turadi. YouTube da ham shunday. Qur’on oyatlari yozilgan videolarni tomosha qilamiz. Bunday videolarni tahoratsiz tomosha qilishni hukmi qanday? Tahoratsiz Qur’on yozilgan narsani ushlagan bo‘lib gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 150 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar