Ne’matni olmaysan degan oyat
Assalomu alaykum! Qur’oni karimda “Man bergan ne’matni san olmaysan” degan oyati bor ekan. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa Alloh kechirsin. Isrofgarchilik mavzusidagi ma’ruzada eshitib qolgan edik. Yoki shu mazmunda aytganlarmi domla aniq xotirada qolmagan. Shunday oyat bor bo‘lsa iltimos tafsirini tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nahl” surasida marhamat qiladi: وَإِن تَعُدُّواْ نِعْمَةَ اللّهِ لاَ تُحْصُوهَا إِنَّ اللّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ 18. Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz, sanog‘iga eta olmassiz. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Ha, Allohning bandalariga bergan ne’matlari son-sanoqsizdir. Ularning ba’zilari yuqoridagi oyatlarda eslatib o‘tildi. Aslida esa agar insonlar o‘zlariga berilgan ne’matlarni hisoblashga urinsalar, sanab, sanog‘iga eta olmaydilar. Shunday son-sanoqsiz ne’matlarning shukrini hech kim ado qila bilmaydi. Agar Alloh hamma ne’matlari uchun to‘la-to‘kis shukrni talab etsa, bandalarga juda qiyin bo‘lar edi. Lekin
«Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Shuning uchun ham bandalariga bunday talabni yuklagani yo‘q. Balki umumiy shukr aytish, O‘ziga iymon keltirib, Unga ibodat qilib yashashni amr etdi. Zotan, iymonlaridan ham, ibodatlaridan ham faqat bandalarning o‘zlarigagina foyda keladi. Mazkur ne’matlarga shukr etmagan, ularni bergan Allohga iymon keltirmagan, Unga ibodat qilmagan ba’zi bandalar o‘zlariga o‘zlari yomonlik orttiradilar, xolos. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 160 | Qur’oni karim