Uzoqdagi masjid

Assalomu alaykum! Do‘stim istiqomat qiladigon hovlidan bitta ko‘cha narida faqat besh vaqt namoz o‘qiladigan masjid bor ekan. U masjiddan tahminan besh, o‘n daqiqa masofalik yo‘l narida jome masjid bor ekan. Do‘stim shu yaqinroqdagi masjid qolib uzoqroqdagi jome masjidida besh vaqt namozlarni o‘qiydi. Bunga sabab jamoat jome masjidda yaqinroqdagi masjidga qaraganda ancha ko‘p ekan. Lekin bir aka do‘stimga yaqindagi masjidni bosib o‘tib u masjidga borishini makruh debdi. Siz aziz ustozlardan do‘stim shu haqida so‘rab bering dedi. Alloh hammamizda rozi bo‘lsin amiyn.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar yaqinidagi masjid imomining qiroati to‘g‘ri bo‘lsa, o‘shanga boriladi. O‘sha odam to‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar