Suchechak

Assalomu alaykum! Men suchechak kasalligiga uchradim. Doktor tahorat qilishga ruxsat berdi. Lekin ahvolim yomon bo‘lib isitmam chiqyapti. 5 mahal namozni 3 mahalini o‘qiyolyapman, qolganiga qiynalyapman. Nima qilishim mumkin? Tahoratda burunni suv bilan emas natriy xlor bilan chaysa bo‘ladimi? Achishtirmaydi. Javoblariz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Chaysa bo‘ladi. Tahoratda a’zolarni uch marta qilmay bir martadan yuvib ko‘ring. Namozlarni tik turib o‘qiy olmasangiz farzini o‘zini o‘tirib o‘qishingiz u ham zarar qilsa yotib olib o‘qishingiz mumkin. Sog‘lom odamlar tik turib o‘qiganlaridek savobga ega bo‘lasiz. Ko‘nglim bo‘lmayapti kabi gaplar bu shaytonning vasvasasi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar