Vasvasadan qo‘rqish

Assalomu alaykum! Men vasvasadaman, vasvasa bo‘lganda xam shirkiy xayol. Ammo inson xato qiladi ora-orada xato qilib turaman. Masalan so‘kib yuborishim va bazi nomaxramlarga sinfdoshlarga yozishim men shunday ishlar bo‘layotganda vasvasaga tushaman. Yani shirk xayollar o‘tadi, keyin men mushrik bo‘lib qoldim bu vasvasa iymonlilar uchun men esa gunox qliayapman bu vasvasa emas deb g‘amginlikka tushib qolaman. Men mushrikmanmi? Qo‘rqib ketayapman, gunoxlarni qilmay deysan ora-orada xato qilib vasvasaga tushib qolayapman, nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshiyam sizga o‘xshagan vasvasaga tushganlarni shariatimiz gunohkor deb hisobga olmaydi. Qo‘rqmang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar