Hadisga amal qilsam bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Oshlik Abdulloh domla bir maruzalarida aytilar kim bir rozador kishini iftorlantirsa bir qulni ozod qilganni savobi beriladi va gunohlari kechiriladi shunda sahobalar sorashgan ekan hammamizham qodir emasmiz deyishganda paygambarimiz S,A,V bir dona hurmo bilan bolsaham shu ajr bor degan ekanlar shunga amal qilip hayotimga kiritsam boladimi oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi.
Salmon Forisiydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir ro‘zadorga iftorlik bersa, bu uning uchun bir qul ozod qilish va gunohlari uchun mag‘firat bo‘ladi», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli, hammamiz ham ro‘zadorga iftorlik qilib beradigan narsa topa olmaymiz-ku?», deyildi. U zot: «Bu savobni Alloh ro‘zadorga bir tatim sut yo xurmo yoki bir qultum suv bilan iftorlik qilib bergan kishiga ato etadi. Ammo kim ro‘zadorni to‘ydirsa, bu uning gunohlari uchun mag‘firat bo‘ladi va Alloh unga mening Havzimdan ichimlik ichiradi, u to jannatga kirgunicha chanqamaydi. Unga ro‘zadorning ajricha ajr bo‘ladi, u(ro‘zador)ning ajridan hech narsani kamaytirilmaydi», dedilar». Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 135 | Hadislar