Turmush o‘rtog‘imning iymoni
Assalomu alaykum! Turmushimizga 3 yil buldi. 1 nafar farzandimiz bor. Men 1 oy oldin turmush o‘rtog‘im kitobimizga, payg‘ambarimizga va qayta tirilishga ishonmasliglarini bilib qoldim(astag‘firulloh). Allohga ishonar ekanlar. Yaqinda saytlaring orqali inson dumg‘aza orqali qayta tirilishini, uni yoqib bo‘lmasligini o‘qib aytsam ham foydasi bo‘lmadi. Iltimos menga maslahat beringlar nima qilishni bilmay qiynalib ketdim. Shuncha yil birga yashaganimiz halol bo‘lmaydimi? Farzandimiz ham shu tushuncha bilan katta bo‘lishidan qo‘rqaman. Ahir nikohdan o‘tgandik, bunaqaligini bilmasdim. Endi men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror domlaning oldida borishga ko‘ndiring. Agar qabul qilsa va tushunchasini to‘g‘rilasa o‘sha joyda nikohingizni yangilab birga yashang. Kitobga, payg‘ambarimizga va qayta tirilishga iymon keltirish iymonning farzi hisoblanadi. Ulardan birortasiga iymon keltirmasa mo‘min bo‘lmaydi va birga yashashingiz ham halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar