Namozdagi takbirlar

Assalomu alaykum! Agar masjidda imomning oldida faqat 2 ta mikrofon bo‘lsa (bittasi sajdagoh yonida, ikkinchisi qiyomda turib qiroat qilinadigan darajadagi balandlikda), imomning ruk’uga ketgandagi takbiri to‘liq eshitilmaydi(imomga yaqin turgan muqtadiylar bundan mustasno, ammo masjid katta bo‘lganligi uchun qolganlarga deyarli eshitilmaydi). Bu holat jalsada o‘tirganda ham kuzatiladi. Shu holatda biz o‘zlarmiz takbirni maxfiy tarzda aytishimiz kerakmi yoki imomning aytganlari(bizga to‘liq eshitilmasada) kifoya qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom aytsayu-aytmasa har bir iqtido qiluvchi birinchi takbirni aytishi farz, qolganlarini aytishi sunnat. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar