Nikohda mast qiluvchi narsa istemol qilgan odamning guvohligi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Alloh Azza va Jalla ortig‘i bilan mukofotlasin. Nikoh o‘qilayotganda guvohlardan biri spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo‘lsa (oz miqdorda, kuyov bola bundan bexabar bo‘lgan, nikoh o‘qigan domla ham bunga e’tibor bermagan yoki bilmagan) yoshi kattalarni e’tiborsizligi tufayli. To‘yda spirtli ichimlik qo‘yilmagan, lekin ular o‘zlari tashkillashtirib ko‘chada ichib kelgan. Bunday holatda nima qilish kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat, Ustoz, Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday holatda o‘sha nobakorlarni chiqarib yuborish kerak. Bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lsa, istig‘for aytib, nadomat chekish va qayta qilmaslikka azmu qaror qilish kerak.

26 May 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar