Ayollarning erkaklarga iqtido qilib namoz o‘qishlari
Assalomu alaykum! Yoshim 23da. 5 vaqt namozni imkon qadar ado etaman. Alhamdulillah, Yaqinda 21 yoshli ukam ham namozga kirdi. Men unga iqtido qilib namoz o‘qiganim afzalmi? 2. Ayollarning erkaklarga iqtido qilib namoz o‘qishlari haqida deyarli ilmga ega emasman. Qidirish xizmatidan ham etarlicha ma’lumot topa olmadim. Shu haqda ma’lumot bera olasizmi? 3. Men ona tili fanidan universitetga abiturientlar tayyorlayman. Ba’zi hollarda namoz, ibodat, umuman islom ilmiga qiziquvchi abiturientlarimga sizlardan o‘rganganlarim asosida qo‘shimcha bilimlar ham berib boraman. Lekin bu ularga ona tili fanini o‘rgatish uchun ajratgan vaqtim hisobidan bo‘ladi va ular bu vaqt uchun menga pul to‘lashadi. Meni o‘ylantirayotgani shuki, boshda kelishuvimizda ularga faqat ona tili faniga oid bilimlar berish uchun vaqt ajratishim va ular shu vaqt uchun pul to‘lashlari aytilgan. Bu qilayotgan ishim savob ekanligini bilaman. Lekin ularning ota-onalari faqatgina fanga oid bilim berishim uchun pul to‘lashadi. Shu holatda mening olayotgan pulim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tajvidiga qaraladi. Sizdan tajvidi yaxshi bo‘lsa iqtidoingiz joiz. 2). Buni hech qanday qiyin joyi yo‘q. Ayollar erkakalardan to‘liq bir saf orqada turib falon namozni o‘qishni iqtido qildim ushbu imomga desa bo‘ldi. 3). Siz targ‘ib uchun ham ba’zi bir miqdorda pulidan qaytarib bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar