Yaqinlik vaqtida avratga qarash
Assalomu alaykum! Bir xonani ichida eri xotin umuman kiyimsiz xolatda ustiga nimadur tashlamasdan yaqinlik qilsa er ayolini shundek xolatda ko‘rgisi kelsa o‘rtasidegi muxabbat xissiyot kuchli bo‘lsa bir-biriga shundek yaqinlikdan kelajakda tug‘ilishi kerek bo‘lgan farzandni xayosiga taqvosiga zarari yo‘qmi? Chunki bir-birimizi yoqtiramiz bu yaqinlikdan ayolim ko‘ngli to‘lishini xoxleman, biz yotadigon spalnik xar tomoni parda bilan o‘ralgan yopvosek ichi ko‘rinmedi. Allohni fazli ila qo‘ldan kelgancha Qur’on va Sunnatga amal qilyappiz. Agarda savolim o‘rinsiz bo‘lgan bo‘lsa uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyida zikr qilinadigan hadislardan yaqinlik vaqtida to‘sinib olish vojibligi kelib chiqmasada fazilatli amal, musulmonga yarashadigan odoblardan ekanligi ma’lum bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالتَّعَرِّيَ فَإِنَّ مَعَكُمْ مَنْ لاَ يُفَارِقُكُمْ إِلاَّ عِنْدَ الْغَائِطِ وَحِينَ يُفْضِي الرَّجُلُ إِلَى أَهْلِهِ فَاسْتَحْيُوهُمْ وَأَكْرِمُوهُمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ فِي اْلأَدَبِ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki siz bilan qazoi hojat va er kishi o‘z ahliga borgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydiganlar bo‘ladi. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar», dedilar».
Termiziy odob bobida rivoyat qilgan.
Sharh: Bu rivoyatda faqat ikki holatdan bosh-qa paytda odamdan ajralmaydiganlar, deb aytilayotgan narsalar farishtalardir. U farishtalarning ba’zilari kishini turli balo-ofatlardan qo‘riqlab tursalar, ba’zilari qilgan amallarini yozib turadilar. Shuning uchun ham mo‘min-musulmonlar o‘sha farishtalarning rioyasini qilib yurishlari kerak. Shariat ruxsat bermagan holatlarda hech avratlarini ochmasliklari lozim. Farishtalarga ozor bo‘lib tushmasin. عَنْ بَهْزِ بْنِ حَكِيمٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ قَالَ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ عَوْرَاتُنَا مَا نَأْتِي مِنْهَا وَمَا نَذَرُ؟ قَالَ: احْفَظْ عَوْرَتَكَ إِلاَّ مِنْ زَوْجَتِكَ أَوْ مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ قَالَ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ إِذَا كَانَ الْقَوْمُ بَعْضٌ فِي بَعْضٍ؟ قَالَ إِنِ اسْتَطَعْتَ أَلاَّ يَرَيَنَّهَا أَحَدٌ فَلاَ يَرَيَنَّهَا قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ إِذَا كَانَ أَحَدُنَا خَالِيًا؟ قَالَ: اللهُ أَحَقُ أَنْ يَسْتَحْيَى مِنْهُ مِنَ النَّاسِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَلِلْبُخَارِيِّ بَعْضُهُ Bahz ibn Hakiym otasidan, u esa bobosidan rivoyat qiladi:
«Men:
«Ey Allohning Rasuli, avratlarimizdan qaysi birini to‘saylik, qaysi birini qo‘yaylik?» dedim.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Avratingni xotining va cho‘ringdan boshqadan muhofaza qil», dedilar. Men:
«Ey Allohning Rasuli, agar odam bir qavmning ichida bo‘lsa-chi?» dedim. U zot:
«Agar uni biror kishi zinhor ko‘rmasligiga qodir bo‘lsang, zinhor ko‘rmasin», dedilar. Men:
«Ey Allohning Rasuli, birortamiz o‘zi xoli bo‘lganda-chi?» dedim.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlardan ko‘ra, Allohdan hayo qilinmog‘i haqliroqdir», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.
Buxoriy ba’zisini rivoyat qilgan.
Sharh: Avvalo, hadisning roviyi Bahz ibn Hakiym roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:
Bahz ibn Hakiym ibn Muoviya al-Qushayriy al-Basriy. Hadislarni bobolari va otalaridan rivoyat qildilar. Bu kishidan Savriy, Ximoda ibn Salama, Ma’mur, Abu Osim, Marvon ibn Muboraklar rivoyat qilishgan.
Bahz ibn Hakiymning otalari Hakiym ibn Muoviyadirlar. U kishi tobe’inlardan bo‘lib, ishonchli odam bo‘lgan. Bahz ibn Hakiymning bobolari Muoviya ibn Haydata bo‘lib, u kishi sahobiylardan bo‘lganlar.
Bu hadisda o‘sha Muoviya ibn Haydata roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan bir necha masalalar va ularga berilgan javoblar keltirilmoqda:
«Ey Allohning Rasuli, avratlarimizdan qaysi birini to‘saylik, qaysi birini qo‘yaylik?»
«Avratingni xotining va cho‘ringdan boshqadan muhofaza qil».
Demak, erkak kishi tizzasi bilan kindigi orasidagi a’zolarini o‘z xotini va cho‘risidan bekitmasa ham bo‘lar ekan. Ammo boshqalardan to‘smog‘i vojibdir.
«Ey Allohning Rasuli, agar odam bir qavmning ichida bo‘lsa-chi?» Unda nima qiladi? Ba’zi vaqtlarda beixtiyor ba’zi joylar ko‘rinib qolishi mumkin-ku?
«Agar uni biror kishi zinhor ko‘rmasligiga qodir bo‘lsang, zinhor ko‘rmasin».
Ya’ni, ko‘pchilikning ichida, noqulay holatda bo‘lsang ham avratingni birovga zinhor ko‘rsatmaslikka harakat qil.
«Ey Allohning Rasuli, birortamiz o‘zi xoli bo‘lganda-chi?»
«Odamlardan ko‘ra, Allohdan hayo qilinmog‘i haqliroqdir».
Ya’ni, avratni to‘sish masalasida odamlardan ko‘ra ko‘proq Allohdan hayo qilmoq zarur.
Shunga binoan, xoli odam o‘zini to‘smay g‘usl qilganidan ko‘ra, avratini to‘sib, g‘usl qilgani afzal, deyilgan.
Imom Buxoriy «O‘zi yolg‘iz, xoli joyda yalan¬g‘och g‘usl qilgan va to‘sinib g‘usl qilgan odam. To‘smoqlik afzalligi haqida bob» nomli bob ochganlar.
Boshqa hadislarda, xususan, Muso va Ayyub alayhissalomlarning yalang‘och holda g‘usl qilganlarini vasf qiluvchi hadislarni dalil qilib, barcha faqihlar g‘usl vaqtida xoli bo‘lgan odam avratini to‘sishi mustahabdir, deganlar.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Avrat haqida savol berib, bilib olish yaxshiligi.
2. Erkak kishi o‘z xotini va cho‘risidan avratini to‘smasa joizligi.
3. Xotin va cho‘ridan boshqadan avratni to‘sish lozimligi.
4. Odamlar ichida bo‘lganda ham zinhor avratni o‘zgaga ko‘rsatmaslikka harakat qilish zarurligi.
5. Xoli bo‘lgan odam avratini to‘sib, g‘usl qilishi afzalligi. («Hadis va hayot» kitobidan) عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا أتى أحدُكم أهله فليستتر , فإنه إذا لم يستتر استحيت الملائكة فخرجت , فإذا كان بينهما ولد كان للشيطان فيه نصيب .رواه الطبراني في " المعجم الأوسط Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida to‘sinib olsin. Chunki to‘sinmasa farishtalar hayo qilib chiqib ketishadi. Agar oralarida farzand paydo bo‘lsa, unda shaytonning nasibasi bo‘ladi” dedilar. Tabaroniy rivoyati.عن أبي أمامة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا أتى أحدكم أهله فليستر عليه وعلى أهله , ولا يتعريان تعري الحمير. رواه الطبراني Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida o‘zini va ayolining ustini yopsin. Eshakning yalang‘och bo‘lgani kabi yalang‘och bo‘lib olishmasin” dedilar. Tabaroniy rivoyati.
Bulardan kiyim kiygan holatda yaqinlik qilish kerak degan narsa tushunilmaydi. Faqat ustilariga biror narsa tashlab olish afzalligi bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 206 | Oila va turmush