Oq bo‘lgan farzand
Assalomu alaykum! Bizga yordam bering. Dadam deyarli har kun ichib keladi. Shu tufayli har kun janjal. Bir kuni juda ko‘p ichib kelibdi. Aytayotgan gaplari tushunarsiz edi. Onam janjal boshlabdi. Janjalga sabab ichish bo‘lmagan aslida. Bir muddat avval dadam bir ayol bilan yurib qo‘ygan ekan va o‘sha ayol yashaydigan mahallasida qo‘lga tushib qolibdi. Shu sabab sudlashuvlar bo‘lgan. Uyimizdagi janjalga asosiy sabab shu. Bu janjal shunchalar avj olgan. Onam dadamga shunchalar baqirgan hatto erkaklarcha so‘kinib baqirib janjal qilibdi. Uyda ikki balog‘atga etib borayotgan singlim ham bor. Shular yonida erkaklarcha so‘kinib dadamga baqirmoqda. Ukam singillarimni yonida bunaqa gaplar aytayotganidan uyalganidan ayamni bir shapaloq uribdi. Dadam ukamni urmoqchi bo‘lib quvib ketibdi. Ukam narigi xonaga qamalib olib eshikni ochmabdi. Dadam esa oqpadar eshikni och deb baqiribdi. Baribir eshikni ochmagan ekan. Bu vaqtlar men rossiyada edim, kelganimda bu voqeani menga aytib berdi. Savolim shuki ukam onamni urgani uchun va dadamni oqpadar degani bilan ota onamga oq bo‘ldimi? Agar oq bo‘lgan bo‘lsa ukam nima qiladi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Roziligini oladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Roziligini oladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush