Abadiy do‘zaxda bo‘lish

Assalomu alaykum! Xadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Dayus abadiy do‘zaxda” degan manoda xadislarda bor va yana boshqa xadislarda, gunox ish qilgan insonga abadiy do‘zax, yoki umuman jannatga kirmaydi degan xadislar bor. Lekin ulamolar gunohkor musulmon malum muddat do‘zaxda qolib keyin jannatga kiradi deganlar. Xech qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlari bir biriga qarshi bo‘lmaydi. Shu yuqoridagi savolimga javob berinlar. Anchadan beri qiynab keladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu oddiy narsa, chunki o‘zbek tilida ham uzoq muddatdan kinoya qilib, dunyo turguncha turing, ming yil yashang kabi so‘zlar ishlatilinadi. Bu o‘sha gunohni o‘ta darajada og‘ir ekanligiga ishoradir. Chunki boshqa bir hadislarda qalbida hardalning urug‘icha iymoni bor kishi bir kun jannatga kirishi aytilgan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 188 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar