Otam bilan qanday muomala qilay

Assalomu alaykum! Otam o‘limdan keyingi muomalalarga ishonmaydilar. Meni ham namoz o‘qishimni xohlamaydilar. Endi namoz o‘qishimga qarshiliklari ortyabdi. Hattoki bomdodni o‘qiyman deb tursam o‘qigani qo‘ymayabdilar. Iltimos qanday muomala qilishimni tushuntiring. Vaziyat jiddiy.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘pollik qilmasdan, muloyimlik bilan dinni chiroyli ko‘rsatib muomala qiling. Namoz o‘qishingizni ko‘rsatmasdan, aytmasdan o‘qing. Ibrohim alayhissalomning otalari buttarosh ya’ni but yasaydigan odam bo‘lgan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:43 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar