Ota onam xijobga kirishimga qarshi

Assalomu alaykum! Alxamdulillax 5 vaqt namoz o‘qiyman. Anchadan beri ota onamga xijobga kirish istagimni aytyapman ammo ular qarshi. Yaqinda ota ona roziligisiz xijobga kirish mumkinligi xaqida eshitdim. Onamga shu narsani aytsam urshib berdilar. Bizni ruxsatimizsiz xijobga kirsang sendaka farzand kerak emas dedilar. Ota onamga Allohdan xidoyat surab duo qilyapman. Ularni aytishicha xali xijobga kirmaskanman o‘zlari aytisharkan. Men o‘sha paytgacha ko‘cha kuyda xijobsiz yurishni xoxlamayman ularga shuni tushuntira olmayapman. Nima qilishim xaqida ozgina maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota onangizga chiroyli muomalada bo‘ling. Siz Allohga itoat qiling. Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar