Bankga foizga pul qo‘yish
Assalomu alaykum! Man 1 qizim bilan oilamdan ajrashgan xolda ota onam uylarida yashayman. Ota onam bankga foizga pul qo‘yishgan va boshqalarga xam pul qo‘yishni maslaxat berishadi. Biz qizim bilan shu foizga berilgan pullardan yashayapmiz. Men bilaman bu sudxo‘rlik ekanini, necha marotaba pul qo‘ymaslikni talab kildim va sudxo‘rlik ekanini aytdim. O‘qiyotgan namozlarim, qiladigan ibodatlarimga va farzandimni tarbiyasiga bu pullardan yashayotganimiz tasir qilmasin deb Allohdan xar kuni panox so‘rayman. Aytinchi bunda mening ibodatlarimga va farzandim tarbiyasiga ziyoni bormi? Men mutlaqo qarshiman bu pullarga, lekin xozirda boshqa ilojim xam yo‘q. Men bu xolatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni boshqa joydan kirimingiz bo‘lsa undan eyishingiz joiz emas. hech ilojingiz bo‘lmasa nopok pullarni hukmi faqir-miskinlarga ehson qilish hisoblanadi. Siz o‘sha bechora faqir-miskinlar qatoriga kirsangiz eyishingiz joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 194 | Halol va harom