Oramizda nikoh bormi

Assalomu alaykum! Bir insonni iltimosi bilan yozvotgandim. Erim men xaqimda gumonga borib janjal qildi. Bunga ichkilik sabab bo‘ldi. Menga ishonmasangiz javobimmi berin desam erim “bor ket” dedi. Oradan 6 yil o‘tdi, shu 6 yil ichida 3 ta bolamga yordam qimadi. Sud ajrashtirmadi, endi kelib yashiman, bollarim bor dedi. Oramizda nikox bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Javobingizni so‘raganizda “bor ket” deganda taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Bundan avval boshыa taloq tushmagan bo‘lsa va taloqlar soni uchta bo‘lmagan bo‘lsa, rozilik bilan qayta nikoh o‘qitib yashalsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar