Moida surasi 72-oyat
Assalomu alaykum! Bir mashxur da’vatchi Moida surasi 72-oyatini aytayotganida Iso alayxissalomni gapi deb oyatni oxirigacha aytdi. O‘qib ko‘rsam inglizcha tarjimada xaqiqatda oxirigacha tarzda berilgan. O‘zbekcha tarjimalarda “Allohga bandalik qilingiz” joyigacha deb berilgan. Qaysi biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz "Tafsiri Hilol" kitobidan o‘qing. Unda to‘liq berilgan. لَقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ وَقَالَ الْمَسِيحُ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ إِنَّهُ مَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدْ حَرَّمَ اللّهُ عَلَيهِ الْجَنَّةَ وَمَأْوَاهُ النَّارُ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ 72. «Albatta, Alloh Masih ibn Maryamdir», deganlar batahqiq, kofir bo‘ldilar. Masih esa: «Ey Banu Isroil, mening Robbim va sizning Robbingiz – Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning joyi olovdir. Va zolimlarga hech qanday nusrat beruvchilar yo‘qdir», – dedi.
Iyso alayhissalomdan keyin nasorolar u zot olib kelgan sof aqiydani qanday qilib buzganlarini avvalgi oyatlar tafsirida o‘rgandik. Bu oyatda esa o‘sha zalolat botqog‘iga botgan nasorolarning
«Albatta, Alloh Masih ibn Maryamdir», – deganlari kufr ekani, ularning bu aqiydasi va gapi Masih ibn Maryamning aytganlariga ham butkul zid ekanining bayoni kelmoqda. Chunki Masih ibn Maryam alayhissalom hech qachon nasorolarga «Men Xudoman, menga ibodat qiling», demaganlar. U zot alayhissalom o‘zlariga ergashganlarga:
«...mening Robbim va sizning Robbingiz – Allohga ibodat qiling», – deganlar.
U zot o‘zlarini ham boshqalar qatori, banda hisoblaganlar. Shu bilan birga, u kishi odamlarni umuman shirkdan – «Allohning sherigi bor», deyishdan qaytarganlar. Tavhidga – yagona Allohga e’tiqod va ibodat qilishga chaqirganlar.
Masih ibn Maryam alayhissalom nasorolarga:
«Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning joyi olovdir», – deganlar.
Ammo Allohga bergan miysoq – ahdnomani buzgan nasorolar esa «Masih ibn Maryam Xudodir», deb, Masih ibn Maryamning o‘zlari ta’kidlab aytgan ma’lumotning teskarisini qilmoqdalar. Bu ular tomonidan bo‘layotgan katta zulmdir.
«Va zolimlarga hech qanday nusrat beruvchilar yo‘qdir». Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 201 | Qur’oni karim