Sotilgan soch

Assalomu alaykum! Oilaviy muammolarimizni aytib sizni qimmatli vaqtingizni olmoqchi emas edim. Lekin men nima qilishni sizdan so‘rab olishim kerak bu men uchun juda muhim. Bugun Diniy kitob oqayotgan edim go‘zal yuzli Paygambarimiz haqida. Keyin uyimizga soch, plastmassa idishlar (ya’ni bakalashga) olamiz deb kelishibdi. Onam eg‘ilib qolgan bakalashkalarni sotmoqchi bo‘libdi. Sotdi ham. Keyin meni chaqirdi. To‘plab qo‘ygan sochlarimni olib kel dedi. Men yo‘q sochni sotmaymiz deb uyga kirib ketdim. Kitobimni o‘qishda davom ettim berilib ketibman. Keyin onam kirdi sochni ham bakalashkalarni ham sotdim deb, sochni sotib bo‘lmaydi. Uni ko‘mish kerak dedim sen endi tugilib olib bizga aql o‘rgatma yo‘lni juda tor olyapsan deb dakki berishdi. Men sotgan pulingizni bering savob umid qilmasdan sadaqa qilaman dedim. Yo‘q deb berishmadi indamay uyga kirib ketdim, juda hafa bo‘ldim eg‘ladim ahir men oila azolarim bilan jannatga kirishni istayman doim shunday deb duo qilaman. Ahir u sotilgan sochlar ichida meni ham sochim bor. U sochlardan parik yani suniy soch yasashlari anniq. Men sochni sotish gunoh ekanligini shu erdagi savol javoblarda o‘qigan edim. Ahir bu qachongacha davom etadi men doim shu gunohlar ichida yashaymanmi? Bu yili maktabni bitiraman turmushga chiqadigan oilam ham shunday bo‘lsaya deb juda qo‘rqaman. Allohdan doim Oilamiz Islomiy bo‘lishini so‘rayman. Keyin Rasulullohning mening do‘stlarim ohir zamonda keladi va ular uchun dinni ushlash qizib turgan sixni ushlash kabi og‘ir bo‘ladi degan gaplarini o‘ylayman. Men uchun ham qiyin bo‘lyapdimikin deb quvonaman Oilaman namozxon oila lekin islomiy muhitda emasman. Ayting ustoz nima qilay? Menga hozir hamma harajatimni ota onam buvam qoplaydi. Hozir menga sochni pulini berishmadi. Onam bergan o‘zimni pulimdan anashu sotilgan pulni miqdorini olib vaqf jamiyatini exson qutisiga savol umid qilmasdan exson qilaymi? Nima qilay maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizga so‘zi o‘tadigan kishilar orqali shariat hukmini etkazish kerak. Siz aytsangiz, qabul qilmasliklari mumkin. O‘sha sochni sotib olganlar yana kelishsa, o‘zlariga pulni qaytarib bering. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 188 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar