Shoximardon piri qo‘llasin deb duo qilsa

Assalomu alaykum! Men bir buvim tengi qarindoshimni uylariga borganimda bir duo qildi u duoda shirk gaplar ishlatildi yani "Shoximardon piri qo‘llasin" va shunga o‘xshagan gaplar. Men ichimda astag‘firulloh ni takrorlab niyatimda duosiga qo‘shilmadim. Men bu gaplardi shirk ekanligini bilaman, lekin shu zaxotiyoq gaplarini to‘xtashishga shijoatim va ilmim etmadi, endi afsuslanyapan. Men u xolani gaplariga sherik bo‘lmadimmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inkor qilib turgan bo‘lsangiz sherik bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 191 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar