Payg‘ambarimmiz sallohu alayhi vasallam ajdodlari

Assalomu alaykum! Sizlardan Payg‘ambarimmiz Sallohu Alayhi Vasallam ning ajdodlari haqida to‘liq maʼlumot olmoqchi edim . 1 . Muhammad Alayhi Salom 2 . Abdulloh 3 . Abdulmuttollib ( Shayba ) 4 . Hoshim ( Amr ) 5 . Abdumannof ( Mug‘iyra ) 6 . Qusay ( Zayda ) 7 . Kilob 8 . Murra 9 . Ka’b 10 . Luay 11 . G‘olib 12 . Fihr 13 . Molik 14 . Nazr 15 . Kinona 16 . Xuzayma 17 . Mudrika ( Omir ) 18 . Ilyos 19 . Muzar 20 . Nizor 21 . Ma’add 22 . Adnon 23 . Ismoil Alayhi Salom 24 . Ibrohim Alayhi Salom ! Shu Ajdodlari haqida yozilgani to‘g‘ri mi ? Hatolik bo‘lsa yozib o‘ting iltimos !
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahih shajaralari: Muhammad ibn (1) Abdulloh ibn (2) Abdulmuttalib ibn (3) Hoshim ibn (4) Abdumanof ibn (5) Qusay ibn (6) Kilob ibn (7) Murra ibn (8) Ka’b ibn (9) Luay ibn (10) G‘olib ibn (11) Fihr (laqabi Quraysh) ibn (12) Molik ibn (13) Nazr ibn (14) Kinona ibn (15) Xuzayma ibn (16) Mudrika ibn (17) Ilyos ibn (18) Muzar ibn (19) Nizor ibn (20) Ma’ad ibn (21) Adnon. Ulamolarning arjah (kuchliroq, ehtimoli ko‘proq, haqiqatga yaqinroq) qavllariga ko‘ra, Adnon Ismoil alayhissalomning qirqinchi avlodidir. Ismoil alayhissalom Ibrohim alayhissalomning o‘g‘li, Ibrohim alayhissalom Nuh alayhissalomning avlodi va Nuh alayhissalom Odam alayhissalomning avlodi ekanida esa shak-shubha yo‘q. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 206 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar