Avtokredit reklamasi

Assalomu alaykum! Bir tanishim avtoulov bozorida direktor lavozimida ishlaydi. Yaqinda bank rahbariyati unga bozor yonida «avtoulovlarni kreditga sotish to‘g‘risida»gi reklama bannerini (shit) o‘rnatishni taklif qilibdi va shu banner ikki tomon roziligi bilan avtoulov bozori yoniga o‘rnatilibdi. Savol: Tanishim riboga aralashib qoldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar bank riboga ish yuritsa, aralashgan bo‘ladi. Agar yuritmasa, aralashgan bo‘lmaydi. Buning uchun bankning ish yuritish tizimi bilan tanishib chiqish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:16 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar